Bosh sahifaga qaytish
Rasmiy hujjat

Ommaviy Oferta

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 31-mart

Tahrir sanasi: 2026-yil 31-mart


Amal qilish boshlanish sanasi: 2026-yil 31-mart

Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi hamda XONPLAY MChJ tomonidan jismoniy shaxslarga XONPLAY platformasidan foydalanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish shartlarini belgilaydi.

Mazkur Ommaviy ofertada nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirgan shaxs ushbu Ofertani to‘liq, so‘zsiz va shartsiz qabul qilgan hisoblanadi.

1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Ushbu Ommaviy oferta (keyingi o‘rinlarda — “Oferta”) XONPLAY MChJ (keyingi o‘rinlarda — “XONPLAY”, “Xizmat ko‘rsatuvchi”) bilan XONPLAY platformasidan foydalanayotgan jismoniy shaxs (keyingi o‘rinlarda — “Foydalanuvchi”) o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soladi. 1.2. Ushbu Oferta XONPLAY platformasi orqali filmlar, seriallar, multfilmlar va boshqa audiovizual materiallardan foydalanish, pullik va bepul xizmatlardan foydalanish, Platformada ro‘yxatdan o‘tish, foydalanuvchi hisobidan foydalanish, hisobni to‘ldirish, tariflarni faollashtirish hamda boshqa tegishli jarayonlarga nisbatan tatbiq etiladi. 1.3. Foydalanuvchi quyidagi harakatlardan birini yoki bir nechtasini amalga oshirish orqali ushbu Oferta shartlariga rozilik bildiradi va ularni qabul qilgan hisoblanadi: platformada ro‘yxatdan o‘tish; telefon raqamini tasdiqlash; SMS-kod orqali foydalanuvchi hisobiga kirish; platformadan foydalanishni boshlash yoki davom ettirish; hisobni to‘ldirish; tarif tanlash yoki faollashtirish; pullik xizmat uchun to‘lovni amalga oshirish. 1.4. Foydalanuvchi ushbu Ofertani qabul qilgan paytdan boshlab uning barcha shartlariga rioya etish majburiyatini oladi. 1.5. Agar Foydalanuvchi ushbu Oferta shartlariga rozi bo‘lmasa, u XONPLAY platformasidan foydalanishni darhol to‘xtatishi shart.

2. TARAFLAR TO‘G‘RISIDAGI MA’LUMOTLAR

2.1. Xizmat ko‘rsatuvchi: XONPLAY MChJ
2.2. STIR: 310817314
2.3. Yuridik manzil: Xorazm viloyati, Urganch shahri, Yangiobod mahallasi, Xalq so‘zi ko‘chasi, 5-yo‘lak, 16-uy
2.4. Elektron pochta: xonplayuz@gmail.com 2.5. Foydalanuvchi — ushbu Ofertani qabul qilgan, XONPLAY platformasidan foydalanayotgan jismoniy shaxs.

3. ASOSIY ATAMALAR

3.1. Platforma — XONPLAY tomonidan boshqariladigan va Foydalanuvchiga web-sayt, Android ilova, iPhone ilova va kelgusida Smart TV ilovasi orqali xizmat ko‘rsatadigan raqamli servis. 3.2. Foydalanuvchi hisobi — Foydalanuvchining telefon raqami asosida yaratilgan, SMS-kod orqali tasdiqlanadigan shaxsiy hisobi. 3.3. Kontent — Platformada joylashtirilgan filmlar, seriallar, multfilmlar, tavsiflar, posterlar, treylerlar, grafik materiallar, interfeys elementlari va boshqa materiallar. 3.4. Tarif / Obuna — Foydalanuvchiga pullik asosda ma’lum muddat davomida XONPLAY xizmatlari va/yoki ayrim kontentdan foydalanish huquqini beruvchi xizmat turi. 3.5. Hisob balansi — Foydalanuvchining XONPLAY platformasidagi ichki hisobida mavjud mablag‘. 3.6. Promo-kod — chegirma, bonus yoki boshqa imtiyoz beruvchi maxsus kod. 3.7. 18+ kontent — mazmuni sababli faqat voyaga yetgan shaxslar uchun mo‘ljallangan yoki yosh bo‘yicha cheklov qo‘llaniladigan kontent.

4. SHARTNOMA PREDMETI

4.1. XONPLAY Foydalanuvchiga ushbu Oferta shartlariga muvofiq Platforma orqali audiovizual kontentdan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. 4.2. Xizmatlar bepul va pullik asosda ko‘rsatilishi mumkin. Ayrim kontent hamma Foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lishi, ayrim kontent esa faqat tegishli tarif faollashtirilganidan keyin taqdim etilishi mumkin. 4.3. XONPLAY xizmatlari internet tarmog‘i orqali masofadan ko‘rsatiladi. 4.4. Platformadagi kontent hajmi, tarkibi, mavjud funksiyalar, tariflar, texnik imkoniyatlar va foydalanish shartlari XONPLAY tomonidan vaqti-vaqti bilan yangilanib turilishi mumkin.

5. Foydalanuvchi hisobi YARATISH VA FOYDALANISH TARTIBI

5.1. XONPLAY platformasida ro‘yxatdan o‘tish telefon raqami orqali amalga oshiriladi. 5.2. Foydalanuvchi hisobiga kirish va identifikatsiya SMS-kod orqali tasdiqlanadi. 5.3. Platforma xavfsizligini ta’minlash va spamning oldini olish maqsadida XONPLAY SMS-kod yuborish bo‘yicha cheklovlar qo‘llashi mumkin. Bir xil raqam yoki boshqa texnik belgilar orqali qisqa vaqt ichida haddan tashqari ko‘p so‘rov yuborilgan taqdirda, SMS yuborish vaqtincha cheklanishi yoki bloklanishi mumkin. 5.4. Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tishda to‘g‘ri, aniq va dolzarb ma’lumotlarni taqdim etishi shart. 5.5. Foydalanuvchi o‘z foydalanuvchi hisobi, SMS-kodlari va platformaga kirishda foydalaniladigan qurilmalar xavfsizligini mustaqil ravishda ta’minlashi shart. 5.6. Bir foydalanuvchi hisobidan bir vaqtning o‘zida ko‘pi bilan 3 (uch) ta qurilmada foydalanish va video ko‘rish mumkin. 5.7. Foydalanuvchi hisobini uchinchi shaxslarga berish, ulashish, sotish, vaqtincha topshirish, boshqa shaxslar bilan umumiy foydalanish yoki cheklovlarni chetlab o‘tish maqsadida ishlatish taqiqlanadi. 5.8. XONPLAY shubhali faollik, foydalanuvchi hisobidan noto‘g‘ri foydalanish, qoidabuzarlik yoki xavfsizlik tahdidi aniqlangan taqdirda foydalanuvchi hisobini vaqtincha cheklash, qo‘shimcha tekshirish yoki bloklash huquqiga ega.

6. XIZMATLARDAN FOYDALANISH SHARTLARI

6.1. Foydalanuvchiga Platformadan faqat shaxsiy va notijorat maqsadlarda foydalanish huquqi beriladi. 6.2. Platformadagi kontent tarkibi, hajmi va mavjudligi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin. XONPLAY ayrim kontentni qo‘shish, yangilash, almashtirish, olib tashlash, vaqtincha cheklash yoki uni alohida tariflar doirasida taqdim etish huquqiga ega. 6.3. Ayrim kontent yoki funksiyalar hudud, texnik cheklov, huquqiy asoslar, qurilma turi, operatsion tizim yoki boshqa omillarga ko‘ra farq qilishi mumkin. 6.4. Xizmat sifati Foydalanuvchining internet tezligi, qurilmasi, dasturiy ta’minoti, brauzeri, aloqa sifati, mobil operatori, Wi-Fi tarmog‘i va boshqa tashqi omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. 6.5. XONPLAY barcha hollarda uzluksiz, to‘xtovsiz va xatosiz ishlashni kafolatlamaydi, biroq xizmatlarning barqaror ishlashi uchun oqilona va zarur choralarni ko‘radi.

7. TARIFLAR VA TO‘LOV TARTIBI

7.1. Hozirgi vaqtda Platformada “Premium” nomli tarif amal qiladi. Mazkur tarif Foydalanuvchi tomonidan 1 (bir) oylik, 3 (uch) oylik, 6 (olti) oylik va 12 (o‘n ikki) oylik muddatlar uchun rasmiylashtirilishi mumkin. XONPLAY kelgusida boshqa tariflarni joriy etish, amaldagi tariflarni o‘zgartirish yoki qo‘shimcha xizmat turlarini kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi. 7.2. Tariflarning amaldagi narxlari va shartlari Platforma saytida va/yoki ilova ichida ko‘rsatiladi. 7.3. Foydalanuvchi hisobni quyidagi to‘lov usullari orqali to‘ldirishi mumkin: Click; Payme; Paynet; XONPLAY tomonidan keyinchalik joriy qilinadigan boshqa to‘lov usullari. 7.4. Agar Foydalanuvchi tariflar sahifasida tarifni tanlab, aynan shu jarayon doirasida tarif qiymatiga yetarli miqdorda balansini to‘ldirsa, tarif avtomatik ravishda faollashtirilishi mumkin. 7.5. Agar Foydalanuvchi faqat profil bo‘limidagi hisobni to‘ldirish funksiyasi orqali balansni to‘ldirsa, tarif avtomatik ravishda faollashmasligi mumkin. Bunday holda tarifni Foydalanuvchining o‘zi alohida tartibda tanlab faollashtiradi. 7.6. XONPLAY trial yoki bepul sinov muddatini taqdim etishga majbur emas. Hozirgi vaqtda trial muddati mavjud emas. 7.7. XONPLAY promo-kodlar, aksiyalar, chegirmalar va bonus tizimlarini joriy etish, o‘zgartirish yoki bekor qilish huquqiga ega. 7.8. Promo-kod: cheklangan muddatga ega bo‘lishi mumkin; faqat ma’lum tariflarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin; boshqa chegirma yoki bonus bilan birgalikda qo‘llanmasligi mumkin; noto‘g‘ri, noqonuniy yoki manipulyativ tarzda ishlatilganda bekor qilinishi mumkin.

8. TO‘LOV SHARTLARI

8.1. Pullik xizmatlar uchun to‘lov oldindan amalga oshiriladi. 8.2. Foydalanuvchi to‘lovni amalga oshirishdan oldin amaldagi tariflar, ularning narxi, amal qilish muddati hamda tegishli xizmat shartlari bilan mustaqil ravishda tanishishi shart. 8.3. XONPLAY tariflar va xizmatlar narxlarini istalgan vaqtda o‘zgartirish huquqiga ega. Bunda bunday o‘zgartirishlar, qoida tariqasida, yangi davr uchun faollashtiriladigan tariflarga, yangi xizmatlarga yoki yangi to‘lovlarga nisbatan tatbiq etiladi. 8.4. XONPLAY banklar, protsessing markazlari, to‘lov tashkilotlari, elektron to‘lov tizimlari hamda boshqa uchinchi shaxs servislarida yuzaga kelgan uzilishlar, kechikishlar, texnik nosozliklar yoki xatoliklar uchun, ular javobgarligi doirasida mas’ul bo‘lmaydi. 8.5. Foydalanuvchi tomonidan noto‘g‘ri summa yuborilishi, noto‘g‘ri to‘lov ma’lumotlari kiritilishi yoki noto‘g‘ri to‘lov usulidan foydalanilishi oqibatlari uchun, agar bunday holat XONPLAY aybi bilan yuzaga kelmagan bo‘lsa, Foydalanuvchining o‘zi javobgar bo’ladi. 8.6. XONPLAY shubhali yoki g‘ayrioddiy to‘lov faolligi aniqlangan hollarda operatsiyani vaqtincha cheklash, qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazish yoki rad etish huquqiga ega. 8.7. Foydalanuvchi tomonidan Platformadagi hisob to‘ldirilganda mablag‘ uning foydalanuvchi hisobida aks ettiriladi. 8.8. Tarif yoki boshqa pullik xizmat faollashtirilganda tegishli summa foydalanuvchi hisobidagi mablag‘dan yechib olinadi. 8.9. Agar to‘langan summa tanlangan tarif yoki xizmat qiymatidan ortiq bo‘lsa, ortib qolgan qism foydalanuvchi hisobida qoldiq mablag‘ sifatida saqlanadi. 8.10. Qoldiq mablag‘ keyinchalik boshqa tariflarni faollashtirish, xizmatlar uchun to‘lov qilish yoki Platformada nazarda tutilgan boshqa pullik funksiyalardan foydalanishda hisobga olinishi mumkin. 8.11. Qoldiq mablag‘ni naqd pul shaklida berish yoki uni boshqa shaxs foydalanuvchi hisobiga o‘tkazish, agar Platforma qoidalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, amalga oshirilmaydi. 8.12. Qoldiq mablag‘ bo‘yicha pul mablag‘larini qaytarish masalasi ushbu Ommaviy ofertaning “Pul mablag’larini qaytarish tartibi” bo‘limiga muvofiq ko‘rib chiqiladi.

9. PUL MABLAG‘LARINI QAYTARISH TARTIBI

9.1. Pul mablag‘larini qaytarish masalasi har bir holat bo‘yicha alohida tartibda ko‘rib chiqiladi. 9.2. Quyidagi holatlarda pul mablag‘larini qaytarish masalasi ko‘rib chiqilishi mumkin:
a) texnik xatolik sabab pullik xizmat amalda taqdim etilmagan bo‘lsa;
b) bir xil to‘lov xatolik bilan takroran amalga oshirilgan bo‘lsa;
c) obuna XONPLAY aybi bilan noto‘g‘ri faollashtirilgan bo‘lsa;
d) amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda. 9.3. Foydalanuvchi pul mablag‘larini qaytarish masalasi yuzasidan murojaatini XONPLAYning qo‘llab-quvvatlash xizmatiga ushbu Ommaviy ofertada ko‘rsatilgan aloqa kanallari orqali yuborishi shart. 9.4. Pul mablag‘larini qaytarish bo‘yicha murojaatda kamida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
a) foydalanuvchi hisobiga bog‘langan telefon raqami;
b) muammo tavsifi;
c) to‘lov summasi;
d) to‘lov sanasi;
e) imkon qadar tasdiqlovchi ma’lumotlar, elektron chek, kvitansiya, skrinshot yoki boshqa tegishli materiallar. Elektron tijorat bitimlarida elektron chek, kvitansiya va shunga o‘xshash tasdiqlovchi hujjatlar qo‘llanishi mumkin. 9.5. XONPLAY foydalanuvchining murojaatini, qoida tariqasida, 7 (yetti) ish kuni ichida ko‘rib chiqadi. Zarurat tug‘ilganda, qo‘shimcha tekshiruv, bank, to‘lov tashkiloti yoki boshqa uchinchi shaxs servisidan ma’lumot olish talab etilgan hollarda ushbu muddat uzaytirilishi mumkin, bu haqda foydalanuvchiga xabar beriladi. 9.6. Pul mablag‘larini qaytarish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, mablag‘, qoida tariqasida, to‘lov amalga oshirilgan o‘sha bank kartasi, elektron hamyon yoki boshqa to‘lov vositasiga qaytariladi. Agar bunday qaytarish texnik, bank yoki to‘lov tizimi qoidalariga ko‘ra imkonsiz bo‘lsa, pul mablag‘lari XONPLAY tomonidan belgilangan va amaldagi qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa tartibda qaytarilishi mumkin. Karta orqali qaytarish amaliyoti bank va to‘lov tizimi tartiblariga ham bog‘liq bo‘ladi. 9.7. Pul mablag‘larini qaytarish, qoida tariqasida, ijobiy qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 7 (yetti) ish kuni ichida amalga oshiriladi. Biroq mablag‘ning foydalanuvchi kartasi yoki boshqa to‘lov vositasiga amalda tushish muddati bank, to‘lov tashkiloti yoki to‘lov tizimi qoidalariga bog‘liq bo‘lishi mumkin. 9.8. Pul mablag‘larini qaytarish bilan bog‘liq xarajatlar, agar amaldagi qonunchilikda yoki ushbu Ommaviy ofertada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, XONPLAY zimmasida bo‘ladi. 9.9. Foydalanuvchi tomonidan obunani mustaqil ravishda bekor qilish funksiyasi hozircha joriy etilmagan bo‘lishi mumkin. XONPLAY bunday funksiyani keyinchalik joriy etish huquqini o‘zida saqlab qoladi. 9.10. Agar obuna ma’muriy tartibda bekor qilinsa, ushbu qaror kuchga kirgan paytdan boshlab xizmat ko‘rsatish to‘xtatilishi mumkin.

10. 18+ KONTENT VA YOSHGA OID CHEKLOVLAR

10.1. Platformada 18+ toifasiga kiruvchi ayrim kontent mavjud bo‘lishi mumkin. 10.2. Bunday kontentni ko‘rishdan oldin Foydalanuvchiga yosh bo‘yicha ogohlantirish oynasi ko‘rsatilishi mumkin. 10.3. Foydalanuvchi “18 yoshdan oshganman” mazmunidagi tasdiqni bergan holda o‘zining yoshiga oid ma’lumot bo‘yicha shaxsan javobgar bo‘ladi. 10.4. Agar Foydalanuvchi 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsa yoki tegishli tasdiqni bermasa, unga bunday kontentga kirish rad etilishi mumkin. 10.5. XONPLAY foydalanuvchi tomonidan yolg‘on yoki noto‘g‘ri yosh tasdig‘i berilishi oqibatlari uchun javobgar bo‘lmaydi.

11. FOYDALANUVCHIGA TAQIQLANADIGAN HARAKATLAR

11.1. Foydalanuvchiga quyidagi harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi: a) kontentni ekran yozuvi orqali saqlab olish;
b) kamera yoki boshqa vositalar yordamida kontentni qayta suratga olish;
c) audio yoki videoni ajratib olish;
d) kontentni YouTube, TikTok, Instagram, Telegram, IPTV, internet saytlari yoki boshqa servislar orqali qayta uzatish, retranslyatsiya qilish yoki tarqatish;
e) to‘g‘ridan-to‘g‘ri oqim havolalarini, .m3u8, .mpd, segment havolalari, server manzillari hamda boshqa texnik kirish havolalarini tarqatish;
f) token, sessiya ma’lumotlari, cookie, signature, playlist, key va boshqa texnik kirish ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga berish;
g) kontentning bir qismini, fragmentini, montajini yoki “eng yaxshi joylari” ko‘rinishida ruxsatsiz tarqatish;
h) kontentni ommaviy yuklab olish, arxivlash, botlar, avtomatlashtirilgan vositalar yoki boshqa dasturiy vositalar yordamida nusxalash;
i) Platforma, ilova, xizmatlar va kontentni himoya qilishga qaratilgan texnik, dasturiy yoki tashkiliy mexanizmlarni buzish, chetlab o‘tish yoki bunday harakatlarga urinish;
j) kontentni himoya qiluvchi texnologiyalarni, shu jumladan DRM yoki boshqa himoya qatlamlarini chetlab o‘tish;
k) kalitlar, shifrlash vositalari yoki himoyalangan texnik ma’lumotlarni noqonuniy tarzda olishga urinish;
l) ilova yoki xizmatni teskari tahlil qilish, dekompilyatsiya qilish, o‘zgartirish yoki modifikatsiyalangan versiyalarni qo‘llash;
m) so‘rov va javoblarni noqonuniy tarzda ushlab qolish, o‘zgartirish yoki soxtalashtirish;
n) soxta qurilma ma’lumotlari, botlar, ommaviy ro‘yxatdan o‘tish, parol tanlash yoki boshqa noqonuniy usullardan foydalanish;
o) emulyator, virtual muhit, maxsus dasturiy vositalar yoki boshqa usullar yordamida Platformaning himoya cheklovlarini buzishga urinish;
p) firibgarlik, haqorat, spam, zararli dasturlar tarqatish yoki boshqa noqonuniy faoliyatni amalga oshirish. 11.2. XONPLAY xavfsizlikni, foydalanuvchilar manfaatlarini va kontent himoyasini ta’minlash maqsadida shubhali yoki g‘ayrioddiy faollikni aniqlash uchun avtomatlashtirilgan hamda boshqa nazorat vositalaridan foydalanishi mumkin. 11.3. Mazkur bo‘lim talablarining buzilishi XONPLAY tomonidan foydalanuvchi hisobini vaqtincha cheklash, doimiy bloklash, xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish, tarifni bekor qilish, texnik cheklovlar qo‘llash hamda zarurat bo‘lganda vakolatli organlarga murojaat qilish uchun asos bo‘lishi mumkin.

12. INTELLEKTUAL MULK VA FOYDALANISH HUQUQLARI

12.1. XONPLAY platformasining nomi, logotipi, dizayni, interfeysi, dasturiy yechimlari, tuzilmasi, ma’lumotlar bazasi elementlari va boshqa tegishli obyektlari tegishli huquqiy himoya ostida bo‘ladi. 12.2. Platformadagi barcha kontent bevosita XONPLAY mulki hisoblanmasligi mumkin. Tegishli materiallarga nisbatan huquqlar ularning qonuniy egalari, hamkorlari, distribyutorlari yoki boshqa tegishli subyektlarga tegishli bo‘lishi mumkin. 12.3. Foydalanuvchiga kontentga nisbatan faqat cheklangan, shaxsiy va notijorat foydalanish huquqi beriladi. 12.4. Ushbu Oferta Foydalanuvchiga Platforma yoki undagi kontentga nisbatan mulkiy huquq, eksklyuziv huquq yoki boshqa mustaqil foydalanish huquqini bermaydi.

13. HUDUDIY VA TEXNIK XUSUSIYATLAR

13.1. XONPLAY asosan O‘zbekiston hududidagi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan. 13.2. Umumiy geocheklov joriy etilmagan bo‘lishi mumkin, biroq ayrim kontent hudud, IP manzil, huquqiy asoslar, texnik talablar yoki boshqa cheklovlarga qarab farq qilishi mumkin. 13.3. Foydalanuvchi ayrim kontentning uning joylashuvi yoki texnik sharoiti sababli mavjud bo‘lmasligi mumkinligini oldindan qabul qiladi.

14. TEXNIK ISHLAR VA XIZMATNING VAQTINCHA TO‘XTASHI

14.1. XONPLAY platformada profilaktika, server yangilanishi, xavfsizlik choralari, texnik modernizatsiya va boshqa ishlarni amalga oshirish huquqiga ega. 14.2. Mazkur holatlarda Platformaning ayrim funksiyalari yoki butun xizmat qisqa muddatga cheklanishi, sekinlashishi yoki vaqtincha ishlamasligi mumkin. 14.3. Foydalanuvchining internet tezligi, mobil aloqa sifati, Wi-Fi tarmog‘i, qurilma nosozligi, ilova versiyasi, operatsion tizim yoki uchinchi tomon servislaridagi uzilishlar sabab yuzaga kelgan muammolar uchun XONPLAY javobgar bo‘lmaydi.

15. BLOKLASH VA CHEKLOV CHORALARI

15.1. XONPLAY quyidagi hollarda foydalanuvchi hisobini vaqtincha yoki doimiy ravishda bloklashga haqli: ushbu Oferta shartlari buzilganda; foydalanuvchi hisobi boshqa shaxslarga berilganda yoki ulashilganda; to‘lov bilan bog‘liq firibgarlik aniqlanganda; kontentdan noqonuniy foydalanilganda; spam, haqorat yoki zararli faoliyat sodir etilganda; Platforma xavfsizligiga tahdid tug‘ilganda; vakolatli organ talabi mavjud bo‘lganda. 15.2. XONPLAY ayrim hollarda oldindan ogohlantirishi mumkin, biroq jiddiy qoidabuzarliklar yuz berganda ogohlantirishsiz ham cheklov qo‘llash huquqiga ega. 15.3. Bloklash yoki cheklash chorasi qo‘llanilishi Foydalanuvchining ushbu Oferta bo‘yicha boshqa majburiyatlarini bekor qilmaydi.

16. SHAXSIY MA’LUMOTLAR

16.1. XONPLAY Foydalanuvchining quyidagi ma’lumotlariga ishlov berishi mumkin: telefon raqami; ism; qurilma ma’lumoti; IP manzil; to‘lov tarixi; ko‘rish tarixi; qiziqishlar va platformadagi xatti-harakatlarga oid tahliliy ma’lumotlar. 16.2. Mazkur ma’lumotlar quyidagi maqsadlarda ishlatilishi mumkin: foydalanuvchini identifikatsiya qilish; foydalanuvchi hisobi xavfsizligini ta’minlash; xizmat ko‘rsatish; to‘lovlarni qayta ishlash; texnik tahlil; kontent tavsiyalarini shakllantirish; sun’iy intellekt va tavsiya mexanizmlari orqali foydalanuvchiga mos materiallarni tezroq topishga ko‘maklashish. 16.3. Shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish tartibi alohida Maxfiylik siyosati bilan belgilanadi. 16.4. Foydalanuvchi Platformadan foydalanish orqali uning ma’lumotlariga ushbu Oferta va alohida Maxfiylik siyosati doirasida ishlov berilishiga rozilik bildiradi.

17. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI

17.1. XONPLAY xizmatlarni “mavjud holatda” va texnik imkoniyatlar doirasida taqdim etadi. 17.2. XONPLAY quyidagilar uchun javobgar bo‘lmaydi: foydalanuvchi interneti bilan bog‘liq muammolar; foydalanuvchining qurilmasi yoki dasturiy muhiti bilan bog‘liq nosozliklar; banklar va to‘lov tizimlari faoliyatidagi uzilishlar; uchinchi tomon servislaridagi nosozliklar; foydalanuvchi tomonidan foydalanuvchi hisobi ma’lumotlarining oshkor qilinishi; foydalanuvchi tomonidan yoshga oid noto‘g‘ri tasdiq berilishi; ushbu Oferta buzilishi oqibatida yuzaga kelgan zararlar. 17.3. Foydalanuvchi ushbu Oferta talablarini buzishi natijasida XONPLAYga, boshqa foydalanuvchilarga yoki uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

18. FORS-MAJOR HOLATLARI

18.1. Tomonlar ushbu Ommaviy oferta bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik holati Fors-Major holatlari natijasida yuzaga kelgan bo‘lsa, bunday holatlarning amal qilish davri davomida javobgarlikdan ozod etilishi mumkin. 18.2. Fors-Major holatlariga, jumladan, quyidagilar kirishi mumkin: tabiiy ofatlar, yong‘inlar, suv toshqinlari, zilzilalar, epidemiya va pandemiyalar, harbiy harakatlar, ommaviy tartibsizliklar, favqulodda holatlar, davlat organlari tomonidan joriy etilgan cheklovlar, internet yoki aloqa tarmoqlaridagi yirik uzilishlar, magistral provayderlar faoliyatidagi nosozliklar, elektr ta’minotidagi yirik uzilishlar hamda Tomonlarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa holatlar. 18.3. Bunday holatlar yuzaga kelganda XONPLAY xizmatlarning to‘liq yoki qisman ko‘rsatilmasligi, vaqtincha to‘xtashi, kechikishi yoki cheklanishi uchun, agar bu holatlar bevosita Fors-Major sababli yuzaga kelgan bo‘lsa, javobgar bo‘lmaydi. 18.4. Fors-Major holatlari yuzaga kelgan taqdirda, XONPLAY imkon qadar foydalanuvchilarni bu haqda Platforma, ilova, rasmiy aloqa kanallari yoki boshqa mavjud usullar orqali xabardor qilishga harakat qiladi. 18.5. Agar Fors-Major holatlari uzoq muddat davom etsa va xizmatlarni ko‘rsatish imkonini sezilarli darajada cheklasa, XONPLAY xizmatlarni vaqtincha to‘xtatish, cheklash, qayta tiklash muddatlarini o‘zgartirish yoki boshqa zarur choralarni ko‘rish huquqiga ega. 18.6. Zarur hollarda Fors-Major holatlari amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli organ yoki tegishli tartib orqali tasdiqlanishi mumkin. O‘zbekistonda bunday holatlarni tasdiqlash bo‘yicha alohida davlat xizmatlari va sertifikatlash tartibi mavjud.

19. MUROJAATLAR VA NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI

19.1. Foydalanuvchi xizmat sifati, to‘lov, pul mablag‘larini qaytarish, texnik muammo yoki boshqa masalalar yuzasidan quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qilishi mumkin: E-mail: xonplayuz@gmail.com Telegram: @xonplay_support_bot 19.2. Murojaatda imkon qadar quyidagilar ko‘rsatilishi lozim: foydalanuvchi hisobiga bog‘langan telefon raqami; muammo tavsifi; to‘lov bo‘lsa — sana va summa; zarur bo‘lsa — skrinshot yoki boshqa tasdiqlovchi material. 19.3. Tomonlar yuzaga kelgan nizolarni, avvalo, muzokaralar o‘tkazish va yozma murojaat almashish yo‘li bilan hal etishga harakat qiladilar. 19.4. Muzokaralar orqali hal etilmagan nizolar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ko‘rib chiqiladi.

20. OFERTAGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH

20.1. XONPLAY ushbu Ofertani bir tomonlama tartibda o‘zgartirish, to‘ldirish yoki yangi tahrirda e’lon qilish huquqiga ega. 20.2. Yangi tahrirdagi Oferta Platformada e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi, agar unda boshqacha muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa. 20.3. Foydalanuvchi yangilangan Oferta kuchga kirganidan keyin Platformadan foydalanishni davom ettirsa, bu yangilangan shartlarga rozilik sifatida talqin qilinishi mumkin. 20.4. Foydalanuvchi Ofertaning amaldagi tahriri bilan muntazam ravishda tanishib borishi shart.

21. YAKUNIY QOIDALAR

21.1. Ushbu Oferta XONPLAY va Foydalanuvchi o‘rtasidagi Platformadan foydalanishga oid asosiy huquq va majburiyatlarni belgilaydi. 21.2. Ushbu Oferta qoidalarining birortasi haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, bu qolgan qoidalarning amal qilishiga ta’sir qilmaydi. 21.3. Ushbu Oferta O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq talqin qilinadi va qo‘llaniladi.

22. XIZMAT KO‘RSATUVCHINING REKVIZITLARI

XONPLAY MChJ
Yuridik manzil: Xorazm viloyati, Urganch shahri, Yangiobod mahallasi, Xalq so‘zi ko‘chasi, 5-yo‘lak, 16-uy
STIR: 310817314
E-mail: xonplayuz@gmail.com

Savollaringiz bormi? Qo'llab-quvvatlash xizmati bilan bog'laning.